TRANSCHЕGARAVIY YO‘NALISHLAR SHAROITIDA TRANSPORT JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARNING O‘ZARO HAMKORLIGI MUAMMOLARI
Kalit so‘zlar:
tergovchining o‘zaro hamkorligi, surishtiruv organi, transchegaraviy yo‘nalishlar, xalqaro huquqiy yordam, SARIKS, Minsk konvensiyasi, SHHT, Qozog‘iston, O‘zbekistonAnnotatsiya
Maqolada Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi transchegaraviy yo‘nalishlarni amalga oshirish sharoitida temir yo‘l transportida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar orasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etish va uning samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari tadqiq etilgan. Temiryo‘l transportida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha arxiv jinoyat ishlari materiallari, ichki ishlar organlari tergovchilari va tezkor xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarning kontent tahlili asosida transchegaraviy transport tekshiruvlarida tashkiliy hamkorlik modeli ishlab chiqildi va taklif etildi. So‘ralgan ma’lumot turi va uni olishning tezkorligiga qarab maqbul hamkorlik kanalini tanlash matritsasi ishlab chiqildi. Shuningdek, transchegaraviy hamkorlik va muvofiqlashtirishning aniqlangan muammolarini hal qilishning aniq yo‘llari va mexanizmlari shakllantirildi.



