JINOYATGA PROVOKATSIYA QILISH INSTITUTINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoyatga provokatsiya qilish, ishtirokchilik, dalolatchilik, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar, tezkor-qidiruv faoliyati, jinoiy javobgarlik, inson huquqlari, sunʼiy dalillar

Annotatsiya

Ushbu maqolada jinoyat huquqi tizimida jinoyatga provokatsiya qilish institutining huquqiy tabiati, uning yuridik mohiyati va qonunchilikda tartibga solish muammolari atroflicha tahlil qilingan. Muallif tomonidan jinoyatga provokatsiya qilish tushunchasining nazariy asoslari, uning ishtirokchilik institutidan farqli jihatlari hamda xorijiy davlatlar (AQSH, Germaniya, Ispaniya, Fransiya va MDH mamlakatlari) tajribasi qiyosiy oʻrganilgan. Tadqiqot jarayonida Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudining qarorlari va milliy sud amaliyotidagi muammoli holatlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada provokatsiyani jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali metodi va qonunga xilof qilmish sifatida farqlash mezonlari ishlab chiqilgan. Ilmiy bahs-munozaralar asosida muallif jinoyatga provokatsiya qilishni ishtirokchilik doirasida koʻrib chiqishning notoʻgʻri ekanligini asoslab bergan. Maqola yakunida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Jumladan, Jinoyat kodeksini provokatsiya tushunchasini belgilovchi, uning jinoiyligini istisno etuvchi hamda tegishli javobgarlikni belgilovchi normalar bilan to‘ldirish taklif etilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-10-05

Qanday Iqtibos Keltirish

JINOYATGA PROVOKATSIYA QILISH INSTITUTINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI. (2026). KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV, 6(3), 11-25. https://ccj.tsul.uz/index.php/kjos/article/view/178