SOLIQQА OID HUQUQBUZАRLIKLАR VА ULАRNI SODIR ETGАNLIK UCHUN JАVOBGАRLIKNING NАZАRIY-HUQUQIY MАSАLАLАRI

Ergashev Ikrom Аbdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning huquqiy asoslari tizimli tahlil qilingan. Hozirga qadar soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning ilmiy asoslari chuqur tadqiq etilmagan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlik masalasi yetarlicha huquqiy va iqtisodiy jihatdan o‘rganilmaganligi asoslanadi. Soliq intizomini buzganlik uchun yuridik javobgarlikning nazariy jihatlarini yoritib berishga harakat qilingan. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan javobgarliklar toifalari hisoblangan “soliq intizomini buzganlik uchun moliyaviy javobgarlik”, “soliq intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik” va “soliq intizomini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik” tushunchalarining mazmun-mohiyati tahlil etilgan. Muallifning xorijiy mamlakatlar qonunchiligi bo‘yicha qiyosiy tahlili maqolaning o‘ziga xos jihatlarini aks ettirishga xizmat qilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
soliq intizomi, soliq maʼmuriyatchiligi, soliq tizimi, huquqbuzarliklar, soliq turlari, soliq majburiyati, soliq to‘lovchi, javobgarlik, yuridik javobgarlik, moliyaviy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik, huquqbuzarliklar obyekti va subyektlari, javobgarlikning obyekti va subyektlari.
For citation:
Tashriflar soni: 138