QILMISH YOKI SHAXS IJTIMOIY XAVFLILIGINI YO‘QOTGANLIGI MUNOSABATI BILAN JAVOBGARLIKDAN OZOD QILISHNING AYRIM MASALALARI

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Annotatsiya
Ushbu maqolada ishni tergov qilish va sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish yoki shaxs o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod etishda ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bog‘liq protsessual muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Maqolada mazkur asosga ko‘ra jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish va jinoyat ishini tugatish amaliyoti tahlil etilgan bo‘lib, qonunchilik (moddiy va protsessual) va amaliyotdagi o‘zaro nomutanosibliklar hamda kollizion holatlar yoritilgan. Shuningdek, sharoitning o‘zgarishi jumlasiga huquqiy nuqtayi nazardan olimlarning fikrlari o‘rganilgan holda, sharoitning o‘zgarishi natijasida shaxs o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligiga yuridik ta’rif ishlab chiqilgan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llanilgan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti o‘rganilgan. Buning natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
sharoit o‘zgarganligi, shaxs yoki qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi, jinoyat ishini tugatish, rad etish, zararning qoplanishi, ijtimoiy xavflilik.
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 226