DAVLAT XIZMATLARI TIZIMINI RIVOJLANTIRISH KORRUPSIYA VA BYUROKRATIYAGA TAʼSIRCHAN CHORA SIFATIDA
Meliyev Xudoyor Xurramovich
mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya
Maʼmuriy tartib-taomillar, davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlari, umuman, davlat va fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlar korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan sohalardir. Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida bu omil hisobga olingan. Yaʼni korrupsiya xavfini minimallashtirish, jarayonlarda inson omilini kamaytirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Maqolada muallif maʼmuriy ish yuritishda byurokratiyani kamaytirish orqali davlat sektorida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qanday hal qilinayotganini oʻrgandi. Tadqiqot davomida bu borada ortiqcha va eskirgan tartib-taomillarni qisqartirish, davlat xizmatlarini koʻrsatishni soddalashtirish boʻyicha bajarilgan ishlar koʻrib chiqildi. Davlat va aholi, biznes oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish boʻyicha qabul qilingan qonunlar, davlat xizmatlarini koʻrsatishni yengillashtirgan usullar, natijada tejalayotgan resurslar tahlil qilindi. Xususan, davlat xizmatlarini koʻrsatishga vakolatli organ Adliya vazirligining taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlari alohida qayd etildi. Xulosada davlat xizmatlari koʻrsatish sohasini yanada takomillashtirishga oid takliflar berildi.
Kalit so'zlar
davlat xizmatlari, byurokratiya, korrupsiya, maʼmuriy tartib-taomil, eksterritorial tamoyil, onlayn xizmat, kompozit, proaktiv xizmatlar
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 216