KORRUPSIYAGА OID HUQUQBUZАRLIK HАQIDА XАBАR BERGАN SHАXSLАRNING HUQUQLАRINI BELGILАSH ISTIQBOLLАRI
Majidov Shahzod Abdixalil o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tayanch doktoranti
Annotatsiya
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
27-noyabrdagi PF–200-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023–2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturi 3-bandida korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlardan kelib chiqib, korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarning asosiy, jumladan, xabar bergan shaxslarning himoya qiluvchi vakolatli davlat organlaridan shaxsiy va mulkiy xavfsizligini taʼminlashni talab qilish, qo‘llangan xavfsizlik choralarining qo‘llanish tartibi va ularning xususiyati haqida maʼlumot olish, oshkor qilingan maʼlumot manbasi sir saqlanishini talab qilish, yaqin qarindoshlariga nisbatan himoya choralarini qoʻllash yuzasidan murojaat qilish singari huquqlarini belgilash va ularni ro‘yobga chiqarish istiqbollari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga birlamchi beg‘araz yuridik yordam hamda bepul psixologik yordam ko‘rsatish, xabar berganlik natijasida o‘ziga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni undirish maqsadida davlat boji to‘lamasdan sudga murojaat qilishda davlat kafolatini taqdim etish yo‘nalishlari xorijiy davlatlar qonunchiligida mazkur tajribaning normalarda mustahkamlanishi hamda qo‘llanishi kabi masalalar oʻrganilgan.
Kalit so'zlar
xabar bergan shaxslar, korrupsiyaga qarshi kurashish, yuridik yordam, psixologik ko‘mak, davlat kafolati, maʼnaviy zarar, murojaat, shaxsiy xavfsizlik
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 127