O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISHGA QABUL QILISH JARAYONIGA KORRUPS YANING SALBIY TA’SIRI
Yusupov Nodirbek Abdujalilovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ishga qabul qilish jarayonida kuzatiladigan korrupsiyaning salbiy ta’sirlari batafsil yoritilgan. Xususan, korrupsiyaning mehnat bozori, ijtimoiy adolat tamoyillari va iqtisodiy rivojlanishga zararli ta’siri atroflicha tahlil qilingan. Ishga qabul qilish jarayonida korrupsiya sodir etilganda, malakasiz xodimlarning yollanishi yuzaga keladi. Bu esa ish unumdorligining pasayishiga olib kelib, davlat tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada jamiyatda adolatsizlik va norozilik darajasi oshadi. Korrupsiya davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchning suiiste’mol bo‘lishiga sabab bo‘ladi hamda davlat tashkilotlari obro‘siga putur yetkazadi. O‘zbekiston Respublikasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini kuchaytirish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur maqolada korrupsiyaning oldini olish uchun qonunchilikni kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali nazoratni kuchaytirish kabi choralar taklif etiladi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida O‘zbekistonda ishga qabul qilish jarayonida korrupsiyani kamaytirish va tizimni yanada adolatli qilishga erishiladi. Shuningdek, maqolada respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar, ushbu sohadagi davlatimiz siyosati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlatimiz qonunchiligi va xalqaro qonun hujjatlari o‘rganilgan.
Kalit so'zlar
ishga qabul qilish, jamiyat, korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, konvensiya, normativ-huquqiy hujjatlar, jamoatchilik nazorati, fuqarolik jamiyati institutlari
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 177