SOGʻLIQQA QARSHI JINOYATLAR TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA TASNIFLANISHI

Israilov Dilshod Shavkatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi direktori oʻrinbosari, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Annotatsiya
Mazkur maqolada sogʻliqqa qarshi jinoyatlar tushunchasi, mohiyati va ularning tasniflanishiga doir masalalar tahlil etilgan. Shuningdek, sogʻliq insonga genetik tomondan beriluvchi muhim tabiiy boylik hisoblanishi, u har bir davlat tomonidan jinoiy-huquqiy jihatdan muhofaza qilinishi, uning tushunchasi, mohiyati va tasnifi boʻyicha olimlarning fikrlari oʻrganilgan. Bundan tashqari, maqolada muallifning sogʻliqqa qarshi jinoyatlarga taʼrifi berilgan boʻlib, ushbu jinoyatlar tarkibi moddiy xususiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, sogʻliqqa qarshi jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgisi sifatida tahlil etilayotgan jinoyatlar uchun qonunda koʻrsatilgan sogʻliqqa zarar yetkazish turidagi jinoiy oqibatlar va qilmish oʻrtasidagi sababiy bogʻlanishni aniqlash shartligi ham bayon etilgan. Shu bilan bir qatorda, mazkur maqolada muallif sogʻliqqa qarshi jinoyat sifatida badanga shikast yetkazish va uning oʻziga xos mezonlari yuzasidan ham fikrlar berib oʻtgan. Bundan tashqari, maqolada “badanga shikast yetkazish” va “sogʻliqqa shikast yetkazish” tushunchalari haqidagi masalalar bahs-munozaraga sabab boʻlib kelgani, ammo koʻplab yuridik adabiyotlarda “sogʻliqqa shikast yetkazish” emas, balki “badanga shikast yetkazish” tushunchasi keltirib oʻtilgani yuzasidan olimlarning fikrlari ham oʻrganilgan.
Kalit so'zlar
badanga shikast yetkazish, javobgarlik, jazo, jinoyat, sogʻliq, shikast yetkazish, inson sogʻligʻi, mezon, obyektiv tomon, zaruriy belgi
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 108