KIBERJINOYATLARNING TURLARI VA ULARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mirzakarimova Dilafruz Doniyorjon qizi

Fargʻona davlat universiteti Huquq taʼlimi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada kiberjinoyatlar, ularning turlari, kelib chiqishi va rivojlanish tarixi haqida maʼlumotlar berilgan. Avvalo, kiberjinoyat deganda qanday jinoyatlar tushunilishi, ularning tasnifi va xususiyatlari talqin qilingan. Bundan tashqari, zamonaviy raqamli dunyoda kiberjinoyatlarning oʻsish sabablari va unga qarshi kurashish uchun koʻriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Kiberjinoyatlarning sodir etilishi sabablari, ularga zamin yaratayotgan xavfsizlik tizimidagi boʻshliqlar, kiberjinoyatlar uchun javobgarlik masalasi, shuningdek, bu boradagi ishlarning hozirgi holati muhokama qilindi. Maqolada, shuningdek, nusxa olish metodidan foydalanilgan. Yaʼni kiberjinoyatlar bilan bogʻliq maʼlumotlar, kiberjinoyatlar sodir etilgan holatlar, ularni aniqlash va tergov qilish, javobgarlik choralarini belgilash kabi masalalar xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib oʻrganilgan. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik va axborot almashish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Kiberjinoyatlarni tergov qilish usullari raqamli dalillarni toʻplash, tarmoq faolligini tahlil qilish, kriminalistik tahlil, shaxsiy maʼlumotlarni tekshirish va ekspertlar bilan hamkorlikni oʻz ichiga oladi. Bu usullar jinoyatlarni aniqlash va ularning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, joriy vaziyatni yaxshilash, kiberjinoyatchilikning oldini olish va buning uchun javobgarlikni belgilashga qaratilgan qonunchilik boʻyicha takliflar kiritildi.
Kalit so'zlar
kiberjinoyat, internet firibgarligi, shaxsiy maʼlumotlar, kiberhujumlar, xakerlik, virus, zararli dasturlar
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 72