KIBERJOSUSLIK TUSHUNCHASI VA UNING OBYEKTIGA OID AYRIM MULOHAZALAR

Nurmanov Xolbek Rahmatilla oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif tomonidan bugungi kunda oʻta jiddiy xavf tugʻdiradigan kiberjinoyat – kiberjosuslik tushunchasi va uning obyektiga oid ayrim mulohazalar berilgan, jumladan, ushbu masalada yuridik fanda mavjud fikrlar, gʻoyalar, konsepsiyalar, ilmiy munozaralar atroflicha koʻrib chiqilgan. Muallif ushbu ilmiy fikr va qarashlar, muhokamalarga asoslangan holda milliy qonunchilikda hozirgi kunda kiberjosuslikni sodir etish obyekti – maxfiy ma’lumotlar va tijorat siriga daxl qilish uchun munosib yuridik javobgarlik choralari belgilanmaganligi, ayni chogʻda rivojlangan xorijiy mamlakatlar fan va amaliyotida, maxsus qonunlarida kiberjosuslik javobgarligiga oid huquqiy qoidalar shakllantirilgani, shu bois ushbu oʻziga xos jinoiy qilmish yuzasidan javobgarlikni belgilashda jahon amaliyotida allaqachon shakllanib ulgurgan bir qator shartlarni inobatga olish zarur degan xulosaga kelgan. Buning uchun muallif tomonidan milliy jinoyat qonun hujjatlariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish yuzasidan taklif berilgan.
Kalit so'zlar
josuslik, davlat manfaati, iqtisodiy soha, kompyuter axboroti, maxfiylik, iqtisodiy sir
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 45