EKSTRADITSIYANI JINOYAT-PROTSESSUAL TARTIBGA SOLISHDA XALQARO KELISHUVLARNING ROLI
Sultonova Lobar Mamarayim qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqola ekstraditsiya jarayonini jinoyat-protsessual tartibga solishda xalqaro kelishuvlarning roli va ahamiyatini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida shaxslarni ushlab berish (ekstraditsiya) tartibini belgilovchi xalqaro-huquqiy va milliy jinoyat-protsessual normalar maydonga chiqadi. Maqolaning maqsadi ekstraditsiya protseduralarida xalqaro shartnomalarni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilish hamda globallashuv sharoitida ularning dolzarbligini asoslab berishdan iborat. Tadqiqotda xalqaro va milliy huquq normalarining o‘zaro nisbati muammosi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot jarayonida rasmiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy va tizimli tahlil metodlaridan foydalanilgan. Izlanishlar natijasida ushbu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyotining asosiy tendensiyalari va mavjud muammolari aniqlangan. Tadqiqot yakunida xalqaro kelishuvlarni implementatsiya qilish mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi haqida xulosalar chiqarilgan. Olingan natijalardan qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida samarali foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar
ekstraditsiya, xalqaro kelishuvlar, jinoyat protsessi, xalqaro huquq, huquqiy tartibga solish, implementatsiya, huquqni qo‘llash amaliyoti
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 16