TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKDAN JABRLANGAN XOTIN-QIZLARNI REABILITATSIYA QILISH TARTIBINING NAZARIY JIHATLARI
Normatova Shirin Abdulnabiyevna
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya
Ayollarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiq XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro hamjamiyatning diqqat-markazidagi muammoga aylandi. Bugun ushbu masala mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, jabrlanganlarni keng qamrovli ijtimoiy himoya qilish tizimiga e’tibor qaratilmoqda. Bu esa sohaga oid qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni talab etadi. Maqolada shu maqsadda qonunchilik normalari va huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari o‘rganilgan, sohada faoliyat olib boruvchi subyektlar, shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi tahlil etilgan. “Reabilitatsiya” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va tasnifi bilan bog‘liq masalalar, jabrlanuvchilarni reabilitatsiya qilishning nazariy modellariga toʻxtalib o‘tilgan. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy metod, tahlil, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanilgan. Yakunda muallif ushbu tartibni takomillashtirishga oid tegishli taklif va tavsiyalarini ilgari surgan.
Kalit so'zlar
xotin-qizlar, zoʻravonlik, jabrlanuvchi, tazyiq, tartib, reabilitatsiya, nazariy, kriminologiya, psixologiya
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 156