HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI, JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI SAMARALI KURASHISH USULLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoyatchilik, profilaktika, huquqbuzarlik, mahalla, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, qonunchilik, xavfsizlik, jamiyat

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish masalalari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi jinoyatlarning shakli va tusining murakkablashib borayotgani, ularning oldini olish uchun zamonaviy, tizimli va barqaror yondashuvlar talab qilinayotgani bilan belgilanadi. Maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilik, davlat siyosati, ijtimoiy institutlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, xalqaro tajriba va ularni O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, qonunchilik hujjatlari, ijtimoiy so‘rovlar natijalari va grafiklar asosida xulosalar chiqarilgan. Bir qator huquqshunos olimlarning maqolalari va tajribalari o‘rganilib, O‘zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun xizmat qiluvchi, eng samarali metodlarni tatbiq qilish orqali jinoyatchilikning oldini olish uchun keskin harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqida fikr yuritilgan. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan qonunlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar bildirilgan. Jinoyatchilik darajasi haqida o‘rganish ishlari olib borilgan va ularning natijasi batafsil yoritilgan. Xulosa qismida jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish uchun zarur taklif va tavsiyalar berilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-22