AYBLOV TUSHUNCHASINING DA’VO VA JINOIY TA’QIB TUSHUNCHALARI BILAN O‘ZARO NISBATI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoyat-protsessual huquq, jinoiy ta’qib, ayblov, protsessual kafolat, xususiy ayblov, ommaviy ayblov, da’vo

Annotatsiya

Maqolada jinoyat-protsessual huquq nazariyasidagi “ayblov” tushunchasining “da’vo” va “jinoiy ta’qib” tushunchalari bilan o‘zaro nisbati, ularning huquqiy tabiati va amaliyotdagi ifodasi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning predmeti ayblov institutining mohiyati va uning da’vo, jinoiy ta’qib bilan bog‘liq jihatlari hisoblanib, maqsad ushbu kategoriyalarning chegaralarini belgilash va ularning jinoyat-protsessual huquqdagi o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Mavzuning dolzarbligi shundaki, milliy qonunchilikda “da’vo” yoki “jinoiy ta’qib” atamalari qo‘llanilmasdan, uning o‘rnida “ayblov” tushunchasi ishlatilishi huquqiy noaniqliklarga va ayblov mazmunining sun’iy ravishda kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari ayblov institutining jinoiy ta’qib bilan uzviy bog‘liqligini, shu bilan birga, ularning mustaqil protsessual kategoriyalar sifatida farqlanishi zarurligini, shuningdek, ayrim hollarda ayblov fuqarolik protsessidagi da’vo instituti bilan o‘xshashlik kasb etsa-da, ommaviy va xususiy-ommaviy ayblov turlarida davlat manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Olingan ilmiy natijalar jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish, ayblov va jinoiy ta’qib institutlari o‘rtasidagi huquqiy chegaralarni aniqlashtirish hamda shaxsning protsessual huquqlarini kafolatlash amaliyotida qo‘llanilishi mumkin.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-22