RAQAMLI FIRIBGARLIKDA QASD, MOTIV VA JINOYAT SUBYEKTINING JINOYAT-HUQUQIY TAVSIFI
Kalit so‘zlar:
raqamli firibgarlik, subyektiv belgi, qasd, motiv, jinoyat subyekti, kiberfiribgar, yuridik shaxs, raqamli shaxsiyat, zararni qoplashAnnotatsiya
Maqolada axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan firibgarlik jinoyatining subyektiv belgilari jinoyat-huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Unda raqamli firibgarlikda qasdning shakllanishi, gʻarazli maqsadning jinoyat tarkibidagi oʻrni, motivning huquqiy ahamiyati, shuningdek, jinoyat subyektining texnik, tashkiliy va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ochib berilgan. Axborot texnologiyalari muhitida firibgarlik subyektini faqat maxsus texnik bilimga ega shaxs sifatida talqin qilish yetarli emasligi, bunday jinoyatlarda ijtimoiy manipulyatsiya, psixologik taʼsir va jabrlanuvchining ishonchidan foydalanish usullari ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi asoslangan. Shuningdek, raqamli firibgarlikda ishtirokchilik shakllari, sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanish, raqamli shaxsiyatni oʻgʻirlash, yuridik shaxslarning javobgarligi va yetkazilgan zararni qoplash bilan bogʻliq jinoyat-huquqiy masalalar yoritilgan. Mazkur holatlar raqamli firibgarlikni kvalifikatsiya qilishda subyektiv tomon belgilarini aniq va kompleks baholash zarurligini koʻrsatadi. Muallif xulosasiga koʻra, axborot texnologiyalari sohasidagi firibgarlik uchun alohida jinoyat tarkibini aniqlashtirish, raqamli identifikatsiya maʼlumotlarini oʻgʻirlash uchun mustaqil javobgarlik belgilash, yuridik shaxslar javobgarligini qasd mezoni asosida ishlab chiqish, ishtirokchilik rollarini differensiatsiya qilish va zararni qoplash tizimini raqamli muhitga moslashtirish maqsadga muvofiq. Ushbu choralar raqamli firibgarlikka qarshi kurashishda jinoyat-huquqiy taʼsirning aniqligi va samaradorligini oshiradi.



