XALQARO HAMKORLIK GIYOHVANDLIK VOSITALARINING NOQONUNIY AYLANISHIGA QARSHI KURASHISH ASOSI SIFATIDA
Kalit so‘zlar:
xalqaro hamkorlik, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi, Giyohvand moddalarni nazorat qilish xalqaro qoʻmitasi, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi, narkojinoyatchilik, narkotiklar nazorati, giyohvandlikka qarshi siyosatAnnotatsiya
Maqolada giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlar tomonida qo‘llanadigan mexanizmlarni shakllantirish hamda rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning oʻrni o‘rganilgan. Unda 1912-yildagi Xalqaro opium konvensiyasidan boshlab giyohvandlik vositalari ustidan xalqaro nazorat tizimining tarixiy shakllanishi koʻrib chiqilgan, shuningdek, xalqaro majburiyatlarning narkojinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida davlatlarning milliy qonunchiligi rivojiga taʼsiri tahlil qilingan. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishning zamonaviy xalqaro-huquqiy asosini tashkil etuvchi asosiy universal xalqaro shartnomalar tahliliga alohida eʼtibor qaratilgan. Tadqiqotda davlatlararo xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Giyohvand moddalarni nazorat qilish xalqaro qoʻmitasi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi faoliyatining ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, xalqaro hamkorlikning axborot almashinuvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, transchegaraviy narkotrafikka qarshi kurashish hamda internet tarmogʻi orqali giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olish kabi shakllari tadqiq etilgan. Muallif davlatlar tomonidan xalqaro majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq asosiy muammolar, jumladan, milliy huquqiy tizimlar oʻrtasidagi farqlar, xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda qoʻshma huquqni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazishdagi qiyinchiliklarni aniqlagan. Shuningdek, giyohvandlikka qarshi xalqaro siyosatni rivojlantirish va xalqaro mexanizmlarni zamonaviy tahdidlarga moslashtirishda “yumshoq huquq” vositalarining ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratgan.



