JINOYAT KODEKSIDA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASH UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BELGILANGAN NORMALARINI RETROSPEKTIV TAHLILI: MILLIY VA XALQARO JIHATLAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

jinoyat, jinoiy javobgarlik, jinoiy daromadlar, pul yuvish, legallashtirish, jazo

Annotatsiya

Maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning umumiy tushunchasi tahlil qilingan. Muallif eʼtibori jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jamiyat hayotining turli sohalarida uyushgan jinoyatchilik yuzaga kelishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratishi tufayli milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid solish mumkinligiga qaratilgan. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish – pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, shuningdek bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyati, manbayi, turgan joyi, tasarruf etish, ko‘chirish usuli, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlari yoki ularning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlashdan iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-16