SHАXSNING OZODLIGIGА QАRSHI JINOYATLАR OBYEKTI
Kalit so‘zlar:
shaxsning ozodligi, erkinlik, jinoyat tarkibi, jinoyat obyekti, ijtimoiy munosabatlar, shaxsning shaʼni va qadr-qimmati, umumiy obyekt, maxsus obyekt, turdosh obyekt, bevosita asosiy obyekt, bevosita qo‘shimcha obyekt, bevosita fakultativ obyektAnnotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolarning asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri hisoblangan shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlarning obyekti bilan bog‘liq masalalar ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotning maqsadi shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlarga umumiy tavsif berish, ularning ijtimoiy xavfliligini yoritish, mazkur toifadagi qilmishlar tarkibida jinoyat obyektini tahlil qilish va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Barcha davrlarda inson hayoti, erkinligi va ozodligini turli g‘ayriqonuniy qilmishlardan muhofaza qilish dolzarb va muhim masala bo‘lib kelgan. Shu sababdan mamlakatimiz qonunlarida insonning mazkur huquq va manfaatlari muhofazasiga alohida eʼtibor berilgan. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida shaxs, uning huquq va erkinliklari jinoyat-huquqiy muhofaza obyektlari doirasiga kiritilgan bo‘lib, JKning 135–141-moddalarida shaxsning ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilanganligi shaxsning ozodligi bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinishining alohida ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Ushbu tadqiqot ishida shaxsning ozodligiga qarshi jinoyatlarning turlari, ularning umumiy, maxsus, turdosh va bevosita obyektlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida milliy va xorijiy olimlarning qarashlari, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar mazmuni yoritilgan va har bir masala yuzasidan muallifning xulosalari bayon etilgan.