KONTRABANDA JINOYATINING OBYEKTIV BELGILARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

kontrabanda, jinoyatning obyekti, jinoyatning obyektiv tomoni, jinoyat predmeti, jamoat xavfsizligi, bojxona nazorati, bojxona nazoratidan yashirish, bojxona hujjatlari, bojxona vositalari, aldash yoʻli bilan foydalanish, deklaratsiya, oʻtkazish

Annotatsiya

Mazkur maqolada jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyat turi sifatida kontrabanda jinoyatining obyektiv belgilari, yaʼni ushbu qilmishning obyekti va obyektiv tomoni atroflicha tadqiq etilgan. Jumladan, ushbu maqolada kontrabandaning obyektini tahlil qilishda uning umumiy, maxsus, turdosh va bevosita obyektlariga (vertikal tasnif), shuningdek, bevosita asosiy, bevosita qoʻshimcha va bevosita fakultativ obyektlari (gorizontal tasnif) yuzasidan turli munozaralar tahlil qilingan hamda muallifning xulosasi bayon etilgan. Shuningdek, maqolada kontrabanda predmeti masalasiga ham eʼtibor qaratilib, milliy jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan kontrabanda predmetlarini ikki turga ajratgan holda tasniflash va tahlil qilish taklif etilgan. Maqolada kontrabanda jinoyati bojxona nazoratini chetlab, bojxona nazoratidan yashirib, bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz, boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib olib oʻtish orqali amalga oshirilishi koʻrsatilgan. Bunda ushbu jinoyatning obyektiv tomonini ifodalovchi har bir harakat mazmuni yuzasidan olimlarning qarashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining tushuntirishlari atroflicha tahlil qilingan hamda har bir holat boʻyicha muallifning xulosalari bildirilgan. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-20