XUSUSIY-OMMAVIY AYBLOV INSTITUTI DOIRASIDA JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISH: PROTSESSUAL MUAMMOLAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

shaxslarning dispozitiv huquqlari, xususiy ayblov, ommaviy ayblov, ish yuritishni rad etish, jinoyat ishi, jinoyat ishini tugatish, javobgarlikdan ozod etish, daʼvo

Annotatsiya

Ushbu maqolada mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida shaxslarning dispozitiv huquqlari aks etishi, xususiy ayblov instituti doirasida ularning huquqlarini roʻyobga chiqarishda vujudga kelayotgan huquqiy muammolarga toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek, javobgarlikdan ozod etishning mazkur turining oʻziga xosligi hamda uning protsessual tartibi boʻlgan ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bogʻliq protsessual muammolari va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Maqolada jinoyat va jinoyat-protsessual huquqlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilishning moddiy va protsessual asoslari qonunchilik va amaliyot nuqtayi nazaridan tahlil etilgan boʻlib, mavjud muammoli hamda kollizion holatlarni bartaraf etish boʻyicha ilmiy mulohazalar, tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, qonunchiligimizda uchrayotgan shaxslarning daʼvosi yoʻqligi asosida ishni rad etish yoki tugatishda ishning keyingi protsessual mexanizmi mavjud emasligi, xususiy ayblov institutining rivojlangan davlatlarda qoʻllanishi, ushbu institutning taraqqiy topish shartlari, ommaviy ayblovdan farqli jihatlari, ommaviy ayblov asosida jinoyatlarni tasniflash zarurati huquqiy tadqiq etilgan. Tadqiqot ishida ilgʻor xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti oʻrganilgan, buning natijasi oʻlaroq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga, boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif, tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-21