PROTSESSUAL XATOLARNI SUD MUHOKAMASIDA BARTARAF ETISHNING AMALDAGI MEXANIZMLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR

Mualliflar

Annotatsiya

Ushbu maqolada ishni sudga qadar yuritish bosqichida yoʻl qoʻyiladigan protsessual xato tushunchasi va ularning oqibatlari bilan bogʻliq muammolar tahlil etilgan. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida yoʻl qoʻyilgan xatolarni oʻz vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyatga egaligiga qaramasdan, xatolarni bartaraf etishning protsessual tartibi qonunchilikda belgilanmagan. Sud muhokamasida protsessning oldingi bosqichlaridagi protsessual harakatlar va qarorlarning qonuniyligi, jinoyat ishining barcha holatlari taraflar ishtirokida qaytadan tekshiriladi va baho beriladi. Shu bilan birga, mazkur bosqichda sud tergov organlari va prokurorning ish boʻyicha fikridan qatʼi nazar qonunga asoslanib, barcha faktlarga baho beradi. Sud muhokamasida protsessual xatolarni bartaraf etish muammolari oʻz-oʻzidan sudning faollik darajasi va vakolat doirasi bilan bogʻliqligidan kelib chiqib, tergov xatolarini bartaraf etishning protsessual mexanizmlari zarurati va sudning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati muhokama etilgan. Yoʻl qoʻyiladigan tergov xatolari turlari tahlil qilingan va ushbu masalani qonunchilik bilan alohida tartibga solish zarurati haqida xulosa qilingan. Shuningdek, mazkur bosqichda ishni prokurorga qaytarmasdan, mazkur xatoni bartaraf etishning samarali protsessual mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar berilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-21