GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI ULARNING ANALOGLARI BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

giyohvandlik vositalari, jinoiy javobgarlik, kvalifikatsiya, narkojinoyatchilik, maʼmuriy preyuditsiya samarasizligi, transmilliy jinoyatlar, kriminologik omillar

Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasi uchun jinoiy javobgarlikni takomillashtirish muammolari, ularning ijtimoiy-huquqiy xavfliligi hamda mavjud jinoyat-huquqiy mexanizmlarning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot predmeti sifatida narkojinoyatlar bilan bogʻliq jinoiy-huquqiy normalar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasiga doir qilmishlar kvalifikatsiyasi belgilangan boʻlib, ishning maqsadi milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Maqola mavzusining dolzarbligi global narkotrafikning kengayishi, raqamli platformalar orqali yashirin savdoning ortishi, shuningdek, yoshlar oʻrtasida giyohvandlik tarqalishining kuchayishi bilan izohlanadi. Tadqiqotda normativ-huquqiy, solishtirma-huquqiy, kriminologik tahlil, statistik dinamika hamda amaliyotdagi kvalifikatsion xatolarni oʻrganish usullari qoʻllangan. Maqola natijalariga koʻra, jinoyat qonunchiligidagi terminologik noaniqliklar, maʼmuriy preyuditsiya institutining samarasizligi hamda mansabdor shaxslarning homiylik shaklidagi ishtirokini alohida jinoyat tarkibi sifatida belgilash zaruriyati aniqlangan. Shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba oʻrganilib, narkojinoyatlarning ogʻir turlariga nisbatan sanksiyalarni differensiallashtirish va kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-14

Qanday Iqtibos Keltirish

GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI ULARNING ANALOGLARI BILAN QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALA QILGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI. (2026). KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV, 6(2), 11-20. https://ccj.tsul.uz/index.php/kjos/article/view/160