KRIPTO-AKTIVLAR BILAN BOG‘LIQ JINOYATLARNING JINOIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI: XORIJIY TAJRIBA VA MILLIY QONUNCHILIK ISTIQBOLLARI
Kalit so‘zlar:
kripto-aktiv, blokcheyn, qiyosiy-huquqiy tahlil, virtual aktiv, bozor manipulyatsiyasi, insayderlik axboroti, sun’iy intellekt, litsenziyasiz faoliyat, protsessual ta’minlash choralariAnnotatsiya
Maqolada kripto-aktivlar bilan bog‘liq jinoiy qilmishlarga qarshi kurashishning xorijiy huquqiy modellari qiyosiy-huquqiy nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Yevropa Ittifoqi, AQSH, Singapur, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va Qirg‘iziston tajribasi asosida kripto-bozorni tartibga solishda jinoiy-huquqiy va ma’muriy-huquqiy vositalarning nisbati, litsenziyasiz faoliyat, firibgarlik, bozor manipulyatsiyasi, insayderlik axborotidan foydalanish, virtual aktivlardan jinoiy maqsadlarda foydalanish hamda protsessual ta’minlov choralari tahlil qilingan. Tadqiqotda xorijiy modellarni O‘zbekiston huquq tizimiga mexanik ko‘chirish o‘rniga, ularning milliy jinoyat huquqi prinsiplari bilan uyg‘unlashtirilishi zarurligi asoslab berilgan. Natijada kripto-bozor manipulyatsiyasi, sun’iy intellektdan foydalanib sodir etiladigan qilmishlar va virtual aktivlarni protsessual jihatdan saqlash masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqilgan.



