XALQARO JINOYAT HUQUQIDA DALILLARNING MAQBULLIK VA ISHONCHLILIK MEZONLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro sud tizimi, xalqaro jinoiy sudlar, tribunallar, dalillar, dalillarning maqbulligi

Annotatsiya

Ushbu maqolada xalqaro jinoyat huquqining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan dalillarning maqbulligi va ishonchliligi mezonlari masalasi ko‘rib chiqilgan. Xalqaro jinoiy sudlar va tribunallar tomonidan ko‘rib chiqiladigan xalqaro jinoyatlarning ko‘lami kengligi va murakkabligi sababli, bu sohadagi o‘zgarishlar va shu paytgacha to‘plangan tajribani dalillar maqbulligi nuqtayi nazaridan o‘rganish mavjud muammolarni ham ochib beradi. Maqolada Xalqaro harbiy tribunallar, sobiq Yugoslaviya va Ruanda bo‘yicha xalqaro jinoiy tribunallar hamda Xalqaro jinoyat sudining tegishli qonunchiligi va amaliyoti tahlil qilinadi. Shuningdek, dalillar uchun umumiy asos bo‘lgan Xalqaro jinoyat sudining Rim statutidagi moddalar ham ko‘rib chiqilib, ular boshqa sud organlari qonunchiligi bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Bundan tashqari, umuman xalqaro sud tizimi doirasida, ya’ni faqat jinoiy xususiyatga ega xalqaro sud organlari bilangina cheklanmagan holda, dalillarning maqbulligi bo‘yicha ba’zi umumiy xulosalar ham keltiriladi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-23