KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV 4-SON / 2024

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada mamlakatimiz jinoyat-protsessual qonunchiligida shaxslarning dispozitiv huquqlari aks etishi, shaxslarning xususiy ayblov instituti doirasida huquqlarini roʻyobga chiqarishda vujudga kelayotgan huquqiy muammolar borasida toʻxtalib oʻtilgan. Shuningdek, javobgarlikdan ozod etishning mazkur turning oʻziga xosligi hamda uning protsessual tartibi boʻlgan ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bogʻliq protsessual muammolari va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Maqolada jinoyat va jinoyat-protsessual huquqlarida nazarda tutilgan mazkur javobgarlikdan ozod qilishning moddiy va protsessual asoslari qonunchilik va amaliyot nuqtayi nazaridan tahlil etilgan boʻlib, mavjud muammoli va kollizion holatlarni bartaraf etish boʻyicha ilmiy mulohazalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. …

Mamadaliyev Oʻtkir Abdugʻaffarovich

Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada ishni sudga qadar yuritish bosqichida yoʻl qoʻyiladigan protsessual xato tushunchasi va ularning oqibatlari bilan bogʻliq muammolar tahlil etilgan. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida yoʻl qoʻyilgan xatolarni oʻz vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyatga egaligiga qaramasdan, xatolarni bartaraf etishning protsessual tartibi qonunchilikda belgilanmagan. Sud muhokamasida protsessning oldingi bosqichlaridagi protsessual harakatlar va qarorlarning qonuniyligi, jinoyat ishining barcha holatlari taraflar ishtirokida qaytadan tekshiriladi va baho beriladi. Shu bilan birga, mazkur bosqichda sud tergov organlari va prokurorning ish boʻyicha fikridan qatʼi nazar qonunga asoslanib, barcha faktlarga baho beradi. …

Ahmadjonov Murodullo Nurali o‘g‘li

TDYU mustaqil izlanuvchisi, Namangan viloyati, Kosonsoy tuman prokurorining yordamchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada korrupsiya sohasida amalga oshirilgan xorij tadqiqotlari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, unda korrupsiya va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni rivojlanayotgan davlatlarning demokratiyasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘rsatayotgan salbiy jihatlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, mazkur tadqiqot ishi korrupsiyaning paroxial, bozor va tizimli turlari hamda ularning bir-biridan farqlarini keng yoritib, zaif siyosiy tizimlar va mexanizimlar, haddan ortiq byurokratiya, iqtisodiy tengsizlik kabi jamiyatdagi illatlarni qoralaydi. Bundan tashqari, ushbu maqolada korrupsiya va rivojlanish o‘rtasidagi murakkab va uzviy bog‘lanishga hamda korrupsiya – demokratik jamiyatni yemirib borayotgan taraqqiyot kushandasi ekanligiga ahamiyat berilgan. …

Xoʻjamberdiyev Farrux Komilovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Huquqiy davlat sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlashning murakkab mexanizmlarini ishlab chiqish hozirgi global xavfsizlik muhitida dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda. Mazkur tadqiqotdan maqsad jamoat xavfsizligini huquqiy me’yorlar asosida tartibga solish, davlat institutlari vakolatlari va demokratik tamoyillar o‘rtasidagi muvozanatni aniqlashdir. Xavfsizlikni ta’minlash jarayonida davlat boshqaruvi va huquq ustuvorligi o‘rtasidagi nisbatni aniqlash muhim bo‘lib, bu masala xalqaro va milliy miqyosda turlicha hal etiladi. Ushbu tadqiqot huquqiy davlat sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy modelini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Jamoat xavfsizligi davlat barqarorligi va ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib, uni ta’minlashda huquqiy me’yorlar va davlat boshqaruvi samaradorligi o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. …