OILADA ZOʻRLIK ISHLATISH SABABLARI

Oʻrazaliyev Murod Qorayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti professori

Annotatsiya
Ushbu maqola oiladagi zoʻravonlik, kelishmovchiliklar, ularning sabablari, obyektiv salbiy jihatlari hamda oldini olish yoʻllariga bagʻishlangan. Maqolada inson tajovuzkorligining psixologik mexanizmlari, jumladan, Zigmund Freydning tajovuzkorlik quvvati konsepsiyasi, Freyd izdoshlarining tajovuzkorlikning psixologik nazariyasi, Yel universiteti tadqiqot guruhi (Miller, Maurer, Sire va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan va koʻplab yangi tadqiqotlarni oʻz ichiga olgan tajovuz frustrasiyasi doktrinasi, coercive power nazariyalari alohida oʻrganilgan. Ushbu nazariyada inson zoʻravonligi va tajovuzkorligi paydo boʻlishining barcha (shaxslar oʻrtasidagi, davlatlar oʻrtasidagi) koʻrinishlari tushuntirib berilib, mazkur nazariyaning mohiyati oddiy: jismoniy zoʻravonlik (majburlash kuchi)dan istalgan natijaga erishishning barcha boshqa usullari (masalan, ishontirish kuchi) foyda bermaganida (yoki mavjud boʻlmaganida) vosita sifatida foydalanilishi, umuman, zoʻravonlik yoki zoʻrlik biron-bir shaxsga nisbatan jismoniy kuch ishlatish, majburlash orqali taʼsir koʻrsatish ekanligi tadqiq etilgan. Muallif oiladagi zoʻravonlik asosini tashkil etuvchi jinoyatlar sabablarini oʻrganish kriminologlar oldida turgan muhim vazifa ekanini, garchi ushbu ijtimoiy hodisa asosiy determinantlarining kriminologik tavsifi uni toʻliq bartaraf etishga qodir boʻlmasa-da, xavfsiz darajagacha kamaytirish uchun zarur boʻlgan choralarni aniqlash imkonini berishini taʼkidlaydi. Shuningdek, oilada zoʻrlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar subyektlarida jamiyatga qarshi xulq-atvorning paydo boʻlishi va rivojlanishiga qator shart-sharoitlar taʼsir koʻrsatishi, shaxsga oid determinantlarga ijtimoiy, ruhiy, biologik va boshqa koʻp qirrali hamda keng qamrovli omillar kiritilishini ilmiy asoslab beradi. Xulosada esa bu borada oʻz takliflarini keltiradi.
Kalit so'zlar
oiladagi zoʻravonlik, oiladagi kelishmovchiliklar, oiladagi zoʻravonlik sabablari, oiladagi zoʻravonlikning oldini olish
Iqtibos uchun
For citation:
Tashriflar soni: 1230