OʻZBEKISTONDA KIBERTA’QIBNING HUQUQIY KOʻRINMASLIGI: SUD QARORLARINI TAHLIL QILISH

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

kibertazyiq, ta’qib, zoʻravonlikning huquqiy koʻrinmasligi, TFGBV, voyaga yetmaganlar, gender zoʻravonligi, feministik huquqiy nazariya

Annotatsiya

Maqolada huquqbuzarning xatti-harakatlarida tizimli raqamli taʼqib qilish (kibertazyiq) belgilari aniqlangan ishlar boʻyicha 2024-yilgi oʻnta sud qarori tahlil qilinadi. Mualliflar feministik huquqiy nazariya (MacKinnon, Smart) va texnologiyalar vositasidagi gender zoʻravonligi (TFGBV) konsepsiyasiga tayanib, zoʻravonlikning huquqiy jihatdan koʻrinmas qolish mexanizmini ochib berishadi: raqamli aloqa kanallari sudlar tomonidan izchil ravishda boshqa huquqbuzarliklarning dalili sifatida koʻrib chiqiladi, biroq zoʻravonlikning mustaqil shakli sifatida baholanmaydi. Tadqiqotning asosiy kriminologik xulosasi shundan iboratki, koʻrib chiqilgan ishlarning 70 foizida jabrlanuvchilar voyaga yetmagan qizlar boʻlgan, ammo ularning yoshi sud qarorlarining birortasida ham alohida huquqiy oqibatlarga olib kelmagan. Sud amaliyoti tahlili shuni koʻrsatdiki, qilmishning raqamli kontekstda sodir etilganligi na uning huquqiy kvalifikatsiyasiga (tavsiflanishiga), na tayinlanadigan sanksiya (jazo) miqdoriga taʼsir koʻrsatadi. Olingan empirik maʼlumotlar asosida tavsiyalar majmuasi taklif etilgan boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga taʼqib qilishning mustaqil tarkibini kiritish, genderga oid kvalifikatsiya belgisini belgilash, voyaga yetmagan jabrlanuvchilarning huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda ushbu toifadagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini takomillashtirishni oʻz ichiga oladi. Tadqiqotning dolzarbligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-sonli Farmoni qabul qilinganligi bilan ham belgilanadi. Ushbu Farmon bilan taʼqib qilish (stalking) va kiberzoʻravonlik uchun yuridik javobgarlik choralarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-14

Qanday Iqtibos Keltirish

OʻZBEKISTONDA KIBERTA’QIBNING HUQUQIY KOʻRINMASLIGI: SUD QARORLARINI TAHLIL QILISH. (2026). KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV, 6(2), 69-80. https://ccj.tsul.uz/index.php/kjos/article/view/166