OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT PROTSESSIDA EKSTRADITSIYA INSTITUTINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH VA AMALGA OSHIRISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Kalit so‘zlar:
ekstraditsiya, shaxsni topshirish, ekstraditsiya yurituvi, jinoyat protsessi, xalqaro hamkorlik, xalqaro huquqiy yordam, protsessual kafolatlar, inson huquqlari, “topshir yoki sud qil” prinsipi (“aut dedere aut judicare”)Annotatsiya
Transmilliy jinoyatchilikning faollashuvi va jinoyat-huquqiy sohada xalqaro hamkorlikning kengayishi sharoitida ekstraditsiya instituti jinoiy javobgarlikning muqarrarligi prinsipini amalga oshirish hamda xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatishning muhim mexanizmlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessida ekstraditsiyaning nazariy-huquqiy va protsessual jihatlarini kompleks tahlil qilish, shuningdek, uni amalga oshirishning amaldagi mexanizmi samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqotda tizimli, qiyosiy-huquqiy va formal-yuridik metodlardan foydalanilib, milliy qonunchilik normalari, xalqaro shartnomalar, sud amaliyoti hamda ekstraditsiya munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston Respublikasida ekstraditsiyani huquqiy tartibga solishning dolzarb muammolari aniqlanib, shaxslarni topshirishning protsessual mexanizmdagi ayrim bo‘shliqlar belgilandi hamda qonunchilikni takomillashtirish, sud nazoratini rivojlantirish va ekstraditsiya yurituviga doir inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.



