ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING KORRUPSIYAVIY JINOYATLAR SODIR ETISH SABABLARI VA ULARGA IMKON BERGAN SHART-SHAROITLAR
Kalit so‘zlar:
ichki ishlar organlari, korrupsiya, korrupsiyaviy omillar, poraxoʻrlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, korrupsiyaning oldini olish, xizmat intizomi, korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavflarAnnotatsiya
Mazkur maqolada ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishining asosiy sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlar kompleks tarzda tahlil qilingan. Xususan, korrupsiyaviy xulq-atvorning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, institutsional, maʼnaviy-axloqiy hamda tashkiliy-boshqaruv omillari ochib berilgan. Ichki ishlar organlari tizimida kadrlarni tanlash, joylashtirish, xizmat faoliyatini baholash, xodimlarning huquqiy ongi va kasbiy deformatsiyasi bilan bogʻliq muammolarning korrupsiyaga taʼsiri ilmiy jihatdan asoslangan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy olimlarning korrupsiya sabablari haqidagi nazariy qarashlari tahlil qilinib, ular asosida mualliflik yondashuvlari bayon etilgan. Maqolada ichki ishlar organlari xodimlarining korrupsiyaviy jinoyat sodir etishiga turtki beruvchi mansabparastlik, gʻarazlilik, konformistik va korporativ motivlar yoritilgan. Korrupsiyaning oldini olishda xodimlarning moddiy taʼminotini yaxshilash, aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, kadrlar siyosati va profilaktik mexanizmlarni takomillashtirish zarurligi haqida xulosalar berilgan.



