OʻZ JONIGA QASD QILISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNGA IMKON BERGAN SHART-SHAROITLARIGA DOIR ILMIY YONDASHUVLAR

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

voyaga yetmaganlar, javobgarlik, jinoyat, oʻz joniga qasd qilish, obyektiv, subyektiv sabablar, sodir etilgan jinoyat, kriminologiya

Annotatsiya

Mazkur maqolada oʻz joniga qasd qilishning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarga doir ilmiy yondashuvlarga toʻxtalib oʻtilgan. Bundan tashqari, maqolada muallif oʻz joniga qasd qilish jinoyati shaxsga qarshi jinoyatlar ichida oʻziga xos jihatlari bilan ajralib turishi hamda bu jinoyat uchun javobgarlik nazarda tutilgan alohida tadqiqot ishini olib borish zaruratini yuzaga keltirayotganligi haqida ham taʼkidlab oʻtadi. Maqolada oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish jinoyati koʻpincha latent jinoyatlar koʻrinishida sodir etilib, bu esa mamlakatimizda jinoyatchilik holatini baholash va uning oldini olish choralarini ishlab chiqishga salbiy taʼsir koʻrsatayotganligi borasida ham fikrlar bildiriladi. Shuningdek, muallif mazkur maqolada oʻz joniga qasd qilishning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarga doir olimlarning ilmiy qarashlarini oʻrganib, bahs-munozaraga kirishgan hamda tegishli taklif va tavsiyalar bergan. Muallif maqolani yozish jarayonida oʻz joniga qasd qilish jinoyatining obyektiv va subyektiv sabablariga toʻxtalib, ilmiy va funksional yondashuvga rioya qilgan. Shu bilan birga, Mantiqiylik, tizimlilik, tarixiy, qiyosiy-huquqiy, statistik hamda sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish kabi metodlardan foydalangan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-14

Qanday Iqtibos Keltirish

OʻZ JONIGA QASD QILISHNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNGA IMKON BERGAN SHART-SHAROITLARIGA DOIR ILMIY YONDASHUVLAR . (2026). KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV, 6(2), 156-169. https://ccj.tsul.uz/index.php/kjos/article/view/175