JINOYAT PROTSESSIDA VOYAGA YETMAGANLAR ISHTIROKIDA PEDAGOG VA PSIXOLOGNING PROTSESSUAL MAQOMI HAMDA FUNKSIYALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

voyaga yetmagan, jinoyat protsessi, pedagog, psixolog, protsessual maqom, psixologik xavfsizlik, qayta travmatizatsiya, protsessual kafolatlar

Annotatsiya

Maqolada jinoyat sud ish yurituvida voyaga yetmaganlar ishtirok etganda pedagog va psixologning qatnashuviga doir nazariy va amaliy muammolar tahlil qilingan. Amaldagi qonunchilikda mazkur subyektlarning protsessual maqomi, vakolatlari va funksiyalari aniq belgilanmagani sababli ularning ishtiroki koʻp hollarda formal tus kasb etayotgani asoslantirilgan. Tadqiqotning dolzarbligi jinoyat protsessida voyaga yetmaganlar ishtirokining salbiy oqibatlaridan biri – psixologik jarohat olish xavfi bilan bog‘liq. Maqolada pedagog va psixolog maqomini mutaxassis yoki mustaqil protsessual ishtirokchi sifatida talqin qilish borasidagi ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilingan. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning psixologik zaifligini inobatga olgan holda pedagog yoki psixolog ishtirokini kengaytirish zarurati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda jinoyat protsessida voyaga yetmaganlar huquqlarini taʼminlash masalasi boʻyicha qonunchilik normalari va huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlaridan foydalanilgan hamda qiyosiy-huquqiy usul, tahlil, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qoʻllangan. Xulosada muallif psixologni “bolaning psixologik xavfsizligini taʼminlovchi maxsus protsessual kafolat subyekti” sifatida belgilash hamda tergovdan oldingi psixologik tayyorlov mexanizmini joriy etishni taklif qilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-14

Qanday Iqtibos Keltirish

JINOYAT PROTSESSIDA VOYAGA YETMAGANLAR ISHTIROKIDA PEDAGOG VA PSIXOLOGNING PROTSESSUAL MAQOMI HAMDA FUNKSIYALARI . (2026). KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV, 6(2), 170-181. https://ccj.tsul.uz/index.php/kjos/article/view/176