HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA
Kalit so‘zlar:
huquqbuzarliklar, viktimologiya, profilaktika, jinoyat, jazo, jabrlanish, milliy va xorijiy tajriba, xulqAnnotatsiya
Mazkur maqolada huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasining milliy va xorijiy tajribasi tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada Kriminologiya fani doirasida jabrlanuvchining turli jihatlarini kompleks tadqiq qilish vazifasi qoʻyilib, jabrlanuvchisiz jinoiy qilmish boʻlishi mumkin emasligi yuzasidan fikrlar oʻrganilgan. Har qanday jinoiy qilmish oqibatida jabrlanuvchiga muayyan (moddiy, ijtimoiy, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy, bevosita, bilvosita va h.k.) zarar yetkazilishi hamda huquqbuzarliklardan har xil obyektlar yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan ijtimoiy ahamiyatga molik manfaatlarning egalari jabrlanishi mumkinligi borasida muallif oʻz fikrlarini bayon etgan. Maqolada kriminal viktimologiyani oʻrganishdan koʻzlangan asosiy maqsad, huquqbuzarlik va jinoyat jarlanuvchilarining mazkur holatlar yuzaga kelishida tutgan oʻrni, ahamiyatini, jinoiy vaziyatning yuzaga kelishi va rivojlanishiga qoʻshgan “hissasi”ni aniqlash va tadqiq etish lozimligi ham aytib oʻtiladi. Bundan tashqari, huquqbuzarlikda jabrlanuvchi boʻlishga moyillikni taqozo qiluvchi shaxsning xislatlari va xulqi bilan ijtimoiy qilmish oʻrtasidagi sababiy aloqadorlik ehtimolli xususiyatga egaligi taʼkidlanadi. Maqolada jabrlanuvchilar bilan profilaktika ishlarini olib borish davomida ularning koʻrsatma berish mobaynida xatoga yoʻl qoʻymasliklari uchun doimo ularning jinoyat sodir etilayotgan vaqtdagi holatini inobatga olish juda muhim sanalishi haqida ham fikrlar berilgan.