DAVLAT XARIDLARINI RAQAMLASHTIRISH KORRUPSION XAVFLARNI KAMAYTIRISH VOSITASI SIFATIDA
Kalit so‘zlar:
davlat xaridlari, raqamlashtirish, korrupsiya xavflari, elektron xaridlar, shaffoflik, ochiq maʼlumotlarAnnotatsiya
Maqolada davlat xaridlarini raqamlashtirish korrupsiya xavflarini kamaytirish va byudjet mablagʻlaridan foydalanishda shaffoflikni oshirish vositasi sifatida tahlil qilingan. Korrupsiyaga moyil boʻlgan zaif nuqtalar xaridlar siklining barcha bosqichlarida – rejalashtirishdan tortib shartnomalarni ijro etishgacha boʻlgan jarayonda yuzaga kelishi va asosan axborot nomutanosibligi, tartib-taomillarning murakkabligi va hisobdorlik darajasining yetarli emasligi bilan bogʻliqligi qayd etilgan. Qiyosiy-huquqiy va riskka yoʻnaltirilgan tahlil asosida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda elektron xaridlar amaliyotlari umumlashtirilgan, shuningdek, Koreya Respublikasi, Kanada va Estoniya misolida raqamlashtirish modellari oʻrganilgan. Raqamli platformalarning korrupsiyaga qarshi asosiy mexanizmlari – jarayonlarni standartlashtirish, maʼlumotlar va hujjatlarni oshkor etish, raqobatni rivojlantirish, auditorlik izini shakllantirish, risklarni tahlil qilishdan foydalanish hamda davlat reyestrlari bilan integratsiyalashuv jarayonlari alohida ajratib koʻrsatilgan. Yakunda Oʻzbekiston davlat xaridlari tizimini rivojlantirish boʻyicha shaffoflikni oshirish, nazorat samaradorligini taʼminlash hamda biznes va jamiyat ishonchini mustahkamlashga qaratilgan amaliy takliflar berilgan.