METROPOLITEN OBYEKTLARIDA QOLDIRILGAN NARSA VA ASHYOLARNING JAMOAT XAVFSIZLIGIGA TAHDIDI
Kalit so‘zlar:
jamoat xavfsizligi, xavf manbayi, qoldirilgan narsalar, taqiqlangan ashyolar, terrorchilik akti, rentgen nuri orqali tekshiruvchi qurilmalarAnnotatsiya
Maqolada metropoliten obyektlarida qoldirilgan narsa va ashyolar hamda uning hududiga olib kirishga uriniladigan taqiqlangan buyumlar jamoat xavfsizligini taʼminlashda yuqori xavf manbayi ekanligi tahlil qilingan. Toshkent metropoliteni obyektlarida qoldirilgan narsa va ashyolar va moddalarni tekshirishning optimal yechimlari koʻrib chiqilgan. Bu borada xorijiy davlatlarning tajribalari, shuningdek, dunyoning bir qator mamlakatlari metropoliten obyektlarida qoldirilgan ashyolar hamda taqiqlangan buyumlar yordamida sodir etilgan terrorchilik aktlarining fojiali oqibatlari oʻrganilgan. Tadqiqotda kompleks yondashuv qoʻllandi, ishning metodologik asosini esa tizimli, mantiqiy va qiyosiy tahlil usullari tashkil etadi. Maqola yakunida mavzu yuzasidan bir qator ilmiy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.