YURIDIK SHAXSLAR JINOYAT SUBYEKTI SIFATIDA

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

yuridik shaxs, jinoyat subyekti, jinoiy javobgarlik, korporativ jinoyatchilik, korporativ ayb, jinoyat huquqi, xalqaro tajriba

Annotatsiya

 Maqolada yuridik shaxslarni jinoyat huquqida jinoyat subyekti sifatida tan olish masalasi yoritilgan. Tadqiqot ishida yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligiga oid fiktiv, realistik, funksional va institutsional nazariyalar tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy davlatlar qonunchiligida yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligini tartibga solish masalasi ko‘rib chiqilgan. Muallif klassik jinoyat huquqi tamoyillariga tayangan holda yuridik shaxslarni jinoyat subyekti sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olish masalasiga munosabat bildirib, korporativ jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun samarali va zamonaviy huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurligini asoslab bergan. Maqolada yuridik shaxslar javobgarligini joriy etishning afzallik va kamchiliklari ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-14

Qanday Iqtibos Keltirish

YURIDIK SHAXSLAR JINOYAT SUBYEKTI SIFATIDA. (2026). KRIMINOLOGIYA VA JINOIY ODIL SUDLOV, 6(2), 57-68. https://ccj.tsul.uz/index.php/kjos/article/view/165